O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik hunarmandga Prezident sovg‘asi "Chevrolet-Spark" topshirildi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Tashabbus-2018“ respublika ko‘rik-tanlovi yakunlandi. Bugun poytaxtimizdagi “Navro‘z“ majmuasida uning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublika Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirga turli vazirlik va idoralar mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, ishbilarmonu hunarmandlar, fermerlar taklif etildi.

Hakamlar hay’atining yakdil xulosasiga ko‘ra, samarqandlik yog‘och o‘ymakorligi sohasi bo‘yicha hunarmand Mansur Asadov “Yilning eng yaxshi hunarmandi“ nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. M.Asadovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – “Chevrolet-Spark“ avtomobili, “Tashabbus-2018“ ko‘rik-tanlovining maxsus statuetkasi, diplom va esdalik sovg‘asi topshirildi.

– Tadbirkoru hunarmandlarga bu qadar katta e’tibor dunyoning hech qaysi davlatida uchramaydi, – deydi “Yilning eng yaxshi hunarmandi“ nominatsiyasi g‘olibi Mansur Asadov. – Prezidentimizning yurtimiz usta-hunarmandlariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligini doimiy his etib mehnat qilmoqdamiz. Bu rag‘bat yanada ko‘proq izlanishga, bildirilgan yuksak ishonchga munosib bo‘lishga undaydi.

Manba: “zarnews.uz”


Kiritilgan vaqti: 17/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 697
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-hunarmandga-prezident-sovgasi-chevrolet-spark-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 01/10/2020 02:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing