O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati ziyoratgoh va masjidlarida xayriya hashari qanday o‘tmoqda?

 
 

Yurtimizga bahor nafasi kirib keldi. Ushbu faslda dov daraxtlar kurtak yozib, borliq ko‘zni quvontirib, dilga hush kayfiyat bag‘ishlovchi gullar bilan burkanadi. Bahor arafasida barcha hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari avj oladi. Shahar va qishloqlar, mahalla va ko‘chalarda turli hashar tadbirlari uyushtiriladi.

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  xayriya hashari o‘tkazilishi haqida Hukumat farmoyishi qabul qilingan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat vakilligi tasarrufidagi ziyoratgohlar hamda  viloyatdagi barcha masjidlarda, ularning atrofi, qabristonlarda bugun umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari olib borilmoqda. Ushbu tadbirda “Vaqf” xayriya jamoat fondi, masjidlarning xodimlari, namozxon va ko‘ngillilar ishtirok etmoqda.

Quyida hashar jarayonlaridan fotolavhalar taqdim etamiz:

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/03/2020 13:20;   Ko‘rilganligi: 1219
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-ziyoratgoh-va-masjidlarida-xayriya-hashari-qanday-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing