O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi Gemotologiya bo‘limiga yangi binokulyar mikroskop olib berildi

 
 

Imom Muslim «Sahih»ida rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Inson vafot etgach, barcha amallari undan uziladi: faqat uchta amali(dan savob kelib turadi): sadaqai joriyadan, foydalanib turiladigan ilmdan va haqqiga duo qilib turadigan solih farzanddan (Muslim (1631) Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyati). 

Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi Gemotologiya bo‘limida ko‘p yildan buyon ishlatilayotgan va xozirda yaroqsiz axvolga kelgan “OLIMPUS CH-30” mikroskop eskirgan va ishlatishga noqulaylik tug‘dirayotgan edi. Oqqon bilan og‘rigan bemor bolalarning salomatligi uchun sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 11 mart kuni Gemotologiya bo‘limiga "HUMASCOPE Classik LED" rusumli yangi binokulyar mikroskop “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali o‘rinbosari Aziz Sultonov tomonidan topshirildi.

Saxovatpesha vatandoshlar, “Vaqf” xariya jamoat fondi sizlarni muhtojlar ko‘nglini shod etib Alloh taoloning roziligiga erishish yo‘lida fond bilan hamkorlik qilishga chorlab qoladi. “Vaqf” fondi xayru ehsonlaringizni o‘z egalariga topshirishda shaffoflik va ochiqlikni kafolatlaydi.

Manba:vaqf.uz

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/03/2020 12:22;   Ko‘rilganligi: 1206
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-kop-tarmoqli-bolalar-tibbiyot-markazi-gemotologiya-bolimiga-yangi-binokulyar-mikroskop-olib-berildi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 11:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing