O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand tumanida Yosh kitobxon maskani faoliyatini boshladi

 
 

Samarqand tumani “Xo‘ja Ahror Valiy” mahallasida “Yosh kitobxon maskani” nomli kutubxona o‘z faoliyatini boshladi.

Markaziy ko‘chaning bo‘sh turgan bekatida yosh kitobxonlar uchun Respublikamizdagi nashriyotlar tomonidan keyingi yillarda nashr etilgan mumtoz va eng sara badiiy adabiyotlar, lug‘at va ma'lumotnomalar, bolalar adabiyotlaridan iborat kitoblar o‘rin olgan ziyo maskani o‘rin egalladi. Ushbu xayrli ishni amalga oshirgan tadbirkor bolajonlar bu yerda kitob mutolaa qilib, o‘zlarining bilimlarini oshirishlari, kelajakda yetuk insonlar bo‘lib, voyaga yetishlari uchun say' harkat qilganini ta'kidladi.

Kutubxonaning ochilish marosimida Samarqand tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, o‘quvchi va ustozlar ishtirok etdi. Bahodir domla ushbu maskanni barpo qilishda o‘z hissasini qo‘shgan, undan istifoda oladiganlarning barchalarini haqlariga duoi xayrlar qilib, bolajonlarga dastxati yozilgan kitoblar sovg‘a qildi.  

Jahongirxon Abrorov  O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot kotibi


Kiritilgan vaqti: 27/12/2019 16:54;   Ko‘rilganligi: 1276
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-tumanida-yosh-kitobxon-maskani-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 14:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing