O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda

 
 

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun mehmonlar Samarqand shahriga tashrif buyurib, tabarruk ziyoratgoh va tarixiy obidalrni ziyorat qildi. Jumladan, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamrohligida Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur'on tilovat qilindi.

Bundan tashqari mehmonlar Imom Buxoriy majmuasida ham bo‘ldilar. U yerda Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari ziyorat qilindi. Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar markaz muzeyida bo‘ldilar. Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan suhbatda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan tilga olindi. Martabali mehmonlarning ziyorat va tashrifi davomida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov ularga hamrohlik qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 04/12/2019 18:29;   Ko‘rilganligi: 1104
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/rustam-emomali-boshchiligidagi-delegatsiya-samarqandda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 18:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing