O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Rossiya musulmonlari diniy arboblari Samarqandda

 
 

2017 yil 26 iyul kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya musulmonlari diniy arboblari delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni temiryo‘l vokzalida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov kutib oldi.

Moskva shahri va Rossiyaning markaziy mintaqasi muftiysi, Rossiya Federatsiyasining Jamoatchilik palatasi a’zosi A.Krganov boshchiligidagi delegitsiyaning tashrifi buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy hazratlarining qabri ziyorati bilan boshlandi. Ziyorat asnosida majmuada olib borilgan ishlar, ziyoratgohning yaqin o‘tmishi va bugungi holati haqida ma’lumot berildi.

Majmua yonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi loyihalari, qurilish jarayoni bilan tanishar ekan mehmonlar, buyuk yurt shonli tarixidagi qudratli salohiyatini tiklash yo‘lidan sobit qadamlik bilan borayotganini alohida ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari viloyat bosh imom xatibi hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildilar hamda u yerda bunyod etilayotgan maqbara va namozgoh bilan tanishdilar. Mehmonlar tomonidan o‘zbek xalqi qahramoni xotirasiga nisbatan hurmat belgisi bo‘layotgan majmuada olib borilgan va olib borilishi rejalashtirilgan ishlar tahsinga loyiq ekanini e’tirof etdilar.

Shuningdek, tashrif asnosida “Shohi Zinda” yodgorlik majmuasi hamda “Imom Motrudiy” maqbarasi ziyorat qilindi.

Shuning bilan Rossiya musulmonlari diniy arboblarining Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyalandi. Mehmonlar samimiy mehmondo‘stlik uchun viloyat bosh imom xatibiga tashakkur aytib, Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/07/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1273
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/rossiya-musulmonlari-diniy-arboblari-samarqandda
Chop etilgan vaqti: 16/11/2019 04:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing