O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazon saxovat oyi

 
 

Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi Jahongir domla Hotamov muborak Ramazon oyi hamda “1 iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Samarqand shahridagi 10-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya ishlarini tashkil qildi.

Xayriya tadbiri davomida bolalarga pand nasihatlar qilinib, ilm olish, hunar o‘rganishga targ‘ib qilindi, yurtga, jamiyatga manfaati tegadigan komil farzand bo‘lib yetishishga harakat qilish kerakligi tushuntirildi. Kelajakka umid bildan boqish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligi uqtirildi.

“Mehribonlik uyi” darbiyalanuvchilaridan 150 nafariga shaxsiy gigiyenik vositalardan iborat savg‘alar to‘plami ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/06/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 813
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-saxovat-oyi
Chop etilgan vaqti: 01/10/2020 23:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing