O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi olijanob fazilatlarni, shukronalik, mehr-oqibat, hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26 iyun dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2017 yil 26 iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda xalqimizning milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada o‘tkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri, 2017 yil 20 iyun

Manba: "muslim.uz"


Kiritilgan vaqti: 20/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2159
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-hayitini-nishonlash-togrisida
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 18:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing