O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

RAMAZON HAYITI OLDI YIG‘ILISHI

 
 

Joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand viloyat vakilligi binosida 2015-2016 o‘quv yil bitiruvchilari taqsimoti bo‘yicha joylarga borib ishlashlarini ta’minlash va Ramazon hayitini yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat vakili N.Islamov, vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov, vakillik xodimlari, 2016 yil bitiruvchilari, shahar va tumanlar bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirok etdilar.

Dastlab viloyat vakili N.Islamov yig‘ilish ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklab, uni munosib tarzda o‘tkazish uchun eng dolzarb vazifa va toshiriqlarni aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, viloyat vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov so‘zga chiqib, kun tartibiga kiritilgan masalalarni birma-bir tanishtirib o‘tdi.

Tadbirning asosiy nuqtalaridan biri 2016 yil bitiruvchilari bo‘lib, ularga taqsimot qilingan masjidlar tanishtirildi va tuman bosh imom-xatiblariga ish joylariga olib borib, masjid qavmiga tanishtirish topshirildi.

Shuningdek, yig‘ilishda imom-xatiblarga “Sarhisob” tanlovining viloyat bosqichini o‘tkazish, imom va imom noiblarini OAVga chiqishlarini sonini ko‘paytirish va ularni to‘plab borish vazifasi yuklatildi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish qatnashchilarini yana bir bor muborak oy bilan qutlab, Ramazon hayititi tinch, osoyishta o‘tishini va yurtimiz tinchligi doimiy bo‘lishini Yaratgandan so‘rab, duoi xayrlar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/06/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3692
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-hayiti-oldi-yigilishi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing