O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qur’oni karim musobaqasi boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda

 
 

Ma’lumki hozirda yurtimiz bo‘ylab Qur’oni karim musobaqasiga qizg‘in tayyorgarliklar ketmoqda. Viloyatimizda ham musobaqani yuqori savida o‘tkazish uchun alohida ehtimom bilan yondashilgan.

Hozirda joylarda shahar va tuman bosh imom xatiblari tomonidan ro‘yxatga olish ishlari davom etyapti.

Musobaqa 18 yanvar kuni Payariq tumanidagi “Imom Buxoriy” majmuasida, 19 yanvar kuni Pastdarg‘om tumanidagi “Nurul Islom” masjidida, 20 yanvar kuni Urgut tumanidagi “Cho‘bin” masjidida, 21 yanvar kuni Samarqand tumanidagi “Imomi A’zam” masjidida bo‘lib o‘tadi.

Viloyat mas’ullari musobaqani olib borish tartibi, vazifalar taqsimoti bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, o‘zaro maslahatlar olib bormoqdalar.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish Yanvar oyining 15 sanasiga qadar davom etadi.

Qatnashish istagida bo‘lganlardan shoshilishlarini so‘raymiz.

Murojaat uchun telefon – 93.348-58-70

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1992
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/quroni-karim-musobaqasi-boshlanishiga-sanoqli-kunlar-qolmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing