O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QURBON HAYITI OLDIDAN YIG‘ILISH

 
 

2016 yil 8 sentyabr kuni Samarqand viloyati vakilligi binosida shahar va tuman bosh imom xatibilari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imomlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Muborak Qurbon hayitini munosib nishonlash va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, ibodat qiluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar tashkil etishga oid masalalar muhokama etildi. Namozxonlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning emin-erkin ibodat qilishlarga sharoit hozirlash ustuvor maqsadimiz ekani, bu borada imom-xatiblar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda hayit namozining boshlanish va tugash vaqti haqida yakdil to‘xtamga kelindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 08/09/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1631
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/qurbon-hayiti-oldidan-yigilish
Chop etilgan vaqti: 13/12/2019 21:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing