O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QO‘SH HOVUZ JOME MASJIDI

 
 

Samarqand shahar “Qo‘sh hovuz” jome masjidi taxminan 1897-1903 yillarda Axmadjon xoji bobo tomonidan o‘zining shaxsiy mablag‘i hisobidan qayta quriladi. Binoga puxta xom g‘ishtlar ishlatilgan, vassajuft va ustumlardan iborat.

“Qo‘sh hovuz” masjidi joylashgan mahalla XV asrda Samarqand shahrining shimoliy-g‘arbiy mintaqasida vujudga kelgan. Mahalla shimol tomondan Xo‘jajon Xo‘ja, sharqdan So‘fi Roziq va Maddohi, janub tomondan Tagi Sho‘r va g‘arbdan Ko‘k masjid va Yusufboy mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla hududida madrasa, ikkita masjid, maktab, hammom, uchta mozor, baqqollik do‘konlari, karvonsaroy, attorlik bozori, ikki qavatli hovuz va boshqa tarixiy binolar mavjud bo‘lgan. Hovuzning birida suv loyqadan tozalanib, ikkinchi hovuzga qo‘yilgach, uni iste’mol qilish mumkin edi. Shuning uchun ham mahalla Qo‘sh hovuz, masjid esa “Qo‘sh hovuz” masjidi deb nomlangan. Hozirda masjid hovlisida qadim hovuzdan nishona sifatida ajoyib ko‘rinishga ega, zinapoyali hovuz mavjud.

Masjid Samarqand gavhari “Registon” maydonining shundoq orqasida, Qo‘shhovuz ko‘chasi №68 uyda joylashgan.

Hozirda masjidda Razzoqov Jahongir Muhammadiyevich imom xatiblik qilib kelmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3902
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qosh-hovuz-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing