O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qorilar

 
 

Qur’on Alloh kalomi Payg‘ambardan me’rosdir

O‘qib amal qilmoqlik mo‘minlarga chin rostdir

Hofizi Qur’on bo‘lmoq Haqqa buyuk ixlosdir

Kecha kunduz o‘qigan tinmay kitob qorilar

Ming hurmatga sazovor misli oftob qorilar

Olti yuzdan ortiq bet bir yuz o‘n to‘rtta sura

Yoddan o‘qib berishar hoxlagan joydan so‘ra

Rasululloh o‘zlari aytgan hadisga ko‘ra:

“Ulug‘-ulug‘ farishta bilan birga qorilar”

Shuning uchun yuzlari to‘la nurga qorilar

Igna bilan quduqni qazar ilm cho‘lida

Eng gullagan davrini sarflab Alloh yo‘lida

To‘shagidir joynamoz kalamulloh qo‘lida

Sabru toqat sharobin to‘yib ichgan qorilar

Kibru havo manmanlik to‘nin yechgan qorilar

Toj berilar otasi ham onasi boshiga

Ustunlik qilar u toj dunyoning quyoshiga

Ibrat bo‘lsin bu holat mo‘min keksa yoshiga

Toj kiymoqni istasang bolang bo‘lsin qorilar

Bog‘ingdagi gul rayhon lolang bo‘lsin qorilar

Tilovatin tinglasak ovozlari muloyim

Yangrab tursin jaranglab yurtimizda har doim

Yana ming-ming farzandlar qori bo‘lsin iloyim

Boqoniy der tasanno bo‘ling omon qorilar

O‘zbekiston faxrisiz tirik Quron qorilar

Otabek Boqoniy


Kiritilgan vaqti: 23/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1470
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/qorilar
Chop etilgan vaqti: 29/09/2020 06:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing