O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qori Muhammad Rasul jome masjidi

 
 

Qori Muhammad Rasul jome masjidi Kattaqo‘rg‘on shahrining markaziy masjidi bo‘lib, Ipak yo‘li ko‘chasi 188 uyda joylashgan.

Masjid tarixi o‘ziga xos bo‘lib, bugungi ko‘rinishga kelgunicha ko‘plab bosqichlarni bosib o‘tgan.

Masjidning hozirga binosidan 50-60 metr beriroqda Sarmozor mahhalasi qabristoni bo‘lib, “Eshon mozor” deb yuritilib kelgan. Shu qabristonning ko‘cha betida qabriston nomi bilan ataladigan masjid bo‘lgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra bu masjid 1910 yilda qurilgani aytiladi. Masjidda taxminan 1947 yillargacha juma va hayit namozlari o‘qib kelingan. Keyin esa siyosatning og‘irlashgani sababli ibodatlar to‘xtatilgan. Faqatgina atrofda yashovchi uch, to‘rtta mo‘ysafidlar bomdod namoziga kelib turganlar.

1981 yil 14 sentyabrga kelib, 1401 hijriy yilining 15 zulqada oyi dushanba kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Sarmazor mahallasidagi masjidda musulmonlar namoz o‘qishlari uchun ruxsat beriladi.

Masjid nihoyatda qarovsiz, xarob holga kelganligi sababli bir nechta namozxonlar iltimosi bilan 1982 yil yangi masjid qurilishiga ijozat beriladi. Shu eski masjiddan chamasi 50-60 metr beridan yer ajratib berilgach, 1983 yil qurilish ishlari boshlanadi.

Xalq hashari va homiylar ko‘magida 1985 yil 10 may kuni masjid qurilishi nihoyasiga yetib, ishga tushadi. Dastlab u Eshonmozor nomi bilan yuritiladi. 1989 yil masjid qurilishiga juda ko‘p hissa qo‘shgan va unda imomlik qilgan shoir hamda murattab qori Zubaydullo Xo‘ja o‘g‘li Qori Muhammad Rasul vafot etgach, masjid hay’ati arizasiga binoan Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining 1991 yil 23 yanvardagi qarori bilan masidga “Qori Muhammad Rasul” nomi beriladi.

Mustaqillik yillarida masjidda ko‘plab obodonlashtirish ishlari olib borildi. 2013 yil masjidga yangi yozgi namozgoh ayvon qurildi. Shuningdek 2014 yil masjid qayta ta’mirlandi.

Hozirda masjidda Dusmurodov Xayrullo Tohirovich imom xatiblik qilib kelmoqda


Kiritilgan vaqti: 28/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3330
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qori-muhammad-rasul-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 09:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing