O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QIZIQARLI UCHRASHUV

 
 

2016 yilning 29 aprel kuni viloyat xokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, mayyor Baxtiyor Aminov, O‘quv kursi xodimlari, “Fuqarolar yig‘inlari raislari” va “Fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari” guruhlarining tinglovchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda qilingan ma’ruzalarda asosiy e’tibor mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning oldini olish, aholi orasida bunday kuchlarning qo‘poruvchilik harakatlaridan ogohlikni oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish masalalariga qaratildi.

Suhbatlar asnosida tinglovchilarda katta jasorat va o‘zlariga yuklatilgan vazifaga mas’uliyat xissi oshganligi yaqqol bilinib turar edi. Ular bunday suhbatlar doimiy ravishda bo‘lib turishi bugungi kun talabi va birlamchi vazifalardan biri ekanligini mamnuniyat bilan takidladilar.

Uchrashuv jarayonida tinglovchilarga tinchlikning qadriga yetishga undovchi hujjatli filmlar ham namoyish etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/04/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1345
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/qiziqarli-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 19/11/2019 05:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing