O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Qardosh O‘zbekistonga kelganimizdan juda baxtiyormiz”

 
 

31-oktyabr kuni Turkiyaning “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirib, uning ilk yo‘lovchilar turkiyalik jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlardan iborat edi.

Bugun ushbu mehmonlar uchun Samarqand shahrining osori atiqa va ziyoratgohlariga infotur tashkil etildi. Jumladan, mehmonlar Imom Buxoriy majmuasida bo‘lib, u zotning ravzalarini ziyorat qildilar. Tashrif asnosida mehmonlarga Samarqand viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi boshqaruv kengashining raisi D.Ermamatov va “Imom Buxoriy” jome masjidi faxriy imomi M.Ibodullayevlar hamrohlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi charter reys 4 noyabr kuni Istanbul-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/11/2019 15:53;   Ko‘rilganligi: 984
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qardosh-ozbekistonga-kelganimizdan-juda-baxtiyormiz
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 23:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing