O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbeksiton muslmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari anjumanda nutq so‘zladilar

 
 

Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman ishi samarali davom etmoqda. Hozir anjuman dasturi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari so‘zga chiqib, Imom Moturidiy merosining bugungi mutaassib oqimlarga qarshi kurashdagi o‘rni, ularga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari hamda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida buyuk allomalarimizning diniy-ma'rifiy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish bo‘yicha mamlukatumizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Muftiy hazratlari o‘z ma'ruzalarini arab tilida bayon qildilar. Anjuman davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/03/2020 10:35;   Ko‘rilganligi: 778
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ozbeksiton-muslmonlari-idorasi-raisi-muftiy-usmonxon-alimov-hazratlari-anjumanda-nutq-sozladilar
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 18:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing