O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston terrorizm ta’siri eng kam bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

 
 

Iqtisodiyot va tinchlik instituti an’anaviy «Terrorizm global indeksi — 2017» ma’ruzasini taqdim etdi, unda O‘zbekiston terrorizm ta’siri eng kam bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi, deb yozadi UzDaily.

Institut hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston reytingda dunyoning 163 mamlakati orasida 125-o‘rinni egalladi. O‘zbekistondagi terrorchilik xavfi darajasi maksimal 10 balldan 0,077 ballni tashkil qildi.

2016 yilga nisbatan, O‘zbekiston indeksdagi o‘rnini yaxshiladi (o‘tgan yilgi natija — 117-o‘rin).

Reytingning birinchi o‘rnida terrorchilikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat, 130-pog‘onasida esa hujumlarga duch kelmagan davlat joylashishi kerak. Dunyoning 33 ta mamlakati 130-o‘rinni egalladi.

Manba: “daryo.uz”


Kiritilgan vaqti: 20/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1151
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-terrorizm-tasiri-eng-kam-bolgan-mamlakatlar-qatoriga-kirdi
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 01:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing