O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI ULAMOLAR KENGASHINING QARORI

 
 

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2016 yil (hijriy 1437 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 135 000 so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 11 475 000 so‘m ekanligi va mazkur summadan qirqdan bir hissasi, ya’ni 286 875 so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi xulosasi ma’qullansin!


2. Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin!
(Masalan 2016 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 2000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 4000 so‘m bo‘ladi).

3. Bu yilgi Fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 10 000 so‘m deb belgilansin!

Manba: muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 27/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2512
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-musulmonlari-idorasi-ulamolar-kengashining-qarori
Chop etilgan vaqti: 21/09/2019 17:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing