O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilarning faoliyatida o‘sish kuzatilmoqda

 
 

Samarqand viloyatida bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda otinoyilar ham keng jalb qilinmoqda. Ularning jamiyat orasida ayollarning diniy-ma’rifiy ongini yuksaltirish, turli bid’at xurofotlarning oldini olishdagi salmoqli o‘rni borligini inobatga olgan holda “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish” mavzusida suhbatlar ham tashkil etib kelinyapti.

5 noyabr kuni viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Samarqand shahri otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu gal ham oldingi uchrashuvlarda bo‘lgani kabi mahalla fuqarolar yig‘inlari, umumta’lim maktablar, “oila” markazlari, “Nikoh” uylarida, aholi xonadonlarida bo‘lib o‘tgan yig‘inlar, tadbirlar, yakka tartibdagi suhbatlar asnosida qaynona-kelin munosabatlari, to‘ylarni tejamkor o‘tkazish, oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish, farzand tarbiyasi kabi dolzarb mavzularda suhbatlar o‘tkazildi.

Ta’kidlash lozimki 1 noyabrdan boshlab o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvlar natijasi o‘laroq otinoyilarimiz tomonidan 41 marta muhim mavzu va muammolarga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lib, ularda 1220 nafar ayol-qizlar qamrab olindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1399
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilarning-faoliyatida-osish-kuzatilmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 11:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing