O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

 
 

Bugun Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Mashg‘ulotlar Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida ikkita hududiy guruhga bo‘lingan holda olib boriladi.

O‘quv jarayonlarida otinoyilarning Diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarning mohiyati, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati, ayollarga xos fiqhiy masalalar, aqida, milliy va diniy qadriyatlarning uyg‘unligi, xotin-qizlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy va psixologik muammolarga yechim izlash, maxsus fanlar negizida islom tarixi va manbashunoslik, qur'onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh hamda ekstremistik oqimlar faoliyati va targ‘ibotiga qarshi kurashishda mutafakkirlar ilmiy merosi hamda zamonaviy uslublar bo‘yicha so‘ngi yutuqlar haqida bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish nazarda tutilgan.

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlariga professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari jalb etilgan. Mashg‘ulotlar ikki hafta davom etadi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/09/2019 11:38;   Ko‘rilganligi: 1100
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilar-uchun-malaka-oshirish-oquvlari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 21:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing