O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirishga doir qator topshiriqlar berilgan bo‘lib, jumladan, imom-xatiblarning bilim saviyasini oshirish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish ham nazarda tutilgan edi.

Shunga binoan, viloyat hokimligi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamkorligida mazkur o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘quv kurslari 3-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mashg‘ulotlar beshta hududda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlarida olib borilmoqda.

Viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyat adliya boshqarmasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilar, dotsentlar, viloyat bosh imom xatibi, bosh imom xatib o‘rinbosarlaridan iborat ma’ruzachilar sohaga doir ma’lumotlarni imom xatiblarga yetkazmoqdalar.

Ma’ruzachilar tomonidan yurtimizdagi bugungi vaziyat, amalga oshirilayotgan qator islohotlar mazmun mohiyati, yangicha qiyofa kasb etayotgan O‘zbekiston tomonidan yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat, imomlarning diniy bilimlarini mustahkamlashga doir dolzarb mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

O‘quv kurslar 4-5 aprel kunlari ham davom etadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/04/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1833
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/oquv-kurslari-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing