O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

OBI RAHMAT JOME MASJIDI

 
 

Obi Rahmat jome masjidi mahalla ahli tashabbusi bilan qad ko‘targan.

1992 yili masjid poydevoriga asos solinib, 1995 yilgacha asta sekin, hashar yo‘li bilan bino bo‘lgan. Masjid uchta mahallaning o‘rtasida bo‘lib, shu mahallalarda yashaydigan aholining ushbu masjid bino bo‘lishida hissalari kattadir.

1995 yil masjidning qurilish ishlari tamom bo‘lgach, unga nom berish zarurati tug‘ildi. Mahalla ahli nom borasida maslahatlashib, Amir Temur hazratlarining zamonlarida aynan shu hudud atrofida joylashgan Gala Osiyo, Bog‘i Maydon, Bog‘i Baland, Moturid degan bog‘lar va qishloqlar ahlini ichimlik suvi bilan taminlagan “Obi rahmat” (Allohning rahmati yog‘ilgan suv) arig‘i nomi tanlandi va masjid “Obi Rahmat” jome masjidi deb nomlandi.

Obi Rahmat masjidi joylashgan manzil Samarqand shahriga kiraverishdagi Cho‘pon ota adiri, Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob tarixiy xarobasi, Xo‘ja Doniyol maqbarasi ziyoratgohi o‘rtasida joylashgan bo‘lib, yuqori tarafidan Obi-rahmat arig‘i, pastidan Siyob arig‘i oqib o‘tadi.

Obi rahmat masjidi xazrat Amir Temurning mashhur bog‘laridan biri “Bog‘i maydon” xududida joylashgani tufayli, masjidda ushbu bog‘dan namuna sifatida o‘ttiz sotixli mevali bog‘ yaratilgan.

Hozirda masjid ikki xonaqo va uch tomoni ayvondan iborat yaxlit binoni tashkil etadi. Xonaqo yonida o‘n ikki metrli minora-mezana ham qad ko‘targan. Tahoratxonasi zamonaviy bo‘lib, barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Masjidda Toshkent islom institutini 1999 yilda bitirgan Mamatqulov Akmal Maxsumovich imom-xatiblik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1424
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/obi-rahmat-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2019 13:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing