O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

NARPAYLIK YOSHLAR ZIYORATDA

 
 

   Ichki turizmni rivojlantirish borasida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Shu kungacha Buxoro, Xiva shaharlariga tumanimiz nuroniylarining sayohati uyushtirildi. Navro‘z bayrami oldidan esa 100 nafarga yaqin  ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlaridan iborat narpaylik yoshlar Samarqand shahrida sayohatda bo‘ldilar.

         

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan ziyorat ishtirokchilari dastlab, Imom al-Buxoriy ziyoratgohi,  Registon,  maydoni va boshqa tarixiy obidalarni tomosha qilishdi.

        Mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qilgan murojaatida yoshlarning matematika faniga qiziqishlarini orttirish borasida alohida to‘xtalgan edi. Shu bois   sayohat so‘nggida sayohatchilar Samarqand davlat universitetida bo‘ldilar. U yerda fizika matematika fanlari doktori, professor Akram Begmatov yoshlarga fan sir-asrorlari haqida tushuncha berdi. Shundan so‘ng yosh sayohatchilarga  badiiy adabiyotlar tuhfa etildi.

"Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha mustahkam bo‘ladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularni qadim ming yillikka borib taqaluvchi tariximizni o‘zida aks ettiruvchi maskanlarga jalb qilish borasida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, milliy qadriyatlarimiz hamda ajdodlarimizning boy ma'naviy merosini o‘rganish, vatandoshlarimizning hayot-faoliyati va ma'naviy jasorati haqida yorqin tarixiy ma'lumotlarni egallash bilan bir qatorda ulkan ma'naviy merosimizni chuqur o‘rganishga keng yo‘l ochilganini alohida ta'kidlalash lozim", dedi o‘quvchi yoshlarga hamrohlik qilgan Narpay tuman "Naqshbandiy" jome masjidi xodimi Otabek Toshbekov.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/03/2020 10:02;   Ko‘rilganligi: 931
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/narpaylik-yoshlar-ziyoratda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 04:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing