O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Musibat kelgan xonadonga Imom-xatib chaqirig‘i bilan yordam ko‘rsatildi

 
 

Bemorni ziyorat qilish, holidan xabar olib, xizmatida bo‘lishning fazilati dinimizda nihoyatda ulug‘ amal. Musulmon kishi boshqa birodarining bemorligini bilganida, uni borib ko‘rishi musulmonlarning bir-birlaridagi o‘zaro haqlaridan hisoblanadi.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Hoja Abul Hasan Andoqiy” jome masjidi imom-xatibi Safoxon Baqoyev Qo‘shkuton maxallasida yashovchi Ilyosovlar xonodonining farzandi oqqon kasalligiga chalinganini eshitgach, masjid jamoasi, qishloq ahliga dinimizning ana shu insonparvar ko‘rsatmasini yetkazdi, xonadonga musibat paytida yordam ko‘rsatishga targ‘ib etdi. Odamlar bu xabarni eshitgach, bir tanu bir jon bo‘lib, imkoni qadar muruvvat ko‘rsatishga harkat qilishdi. Kimdir zarur dori-darmonlarni olib keldi, yana kimdir, pul mablag‘i keltirib berdi. 

Imom-xatib yig‘ilgan dori-darmon vositalari, 1.200.000 so‘m hamda masjid hisobidan ajratilgan pul mablag‘larini bemorning otasi R.Ilyosovga topshirdi. Otaga tasalli berib, bemorning haqqiga Alloh taolodan shifo so‘rab duo qilindi. Bundan keyin ham qanday yordam bo‘lsa, qishloq ahli baholiqudrat xizmatga tayyor ekanliklarini bildirdi. 

Manba: muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 21/10/2019 17:06;   Ko‘rilganligi: 921
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/musibat-kelgan-xonadonga-imom-xatib-chaqirigi-bilan-yordam-korsatildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 14:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing