O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MUHAMMAD NAQIBBEK JOME MASJIDIDA TAROVEH SHUKUHI

 
 

Kattaqo‘rg‘on shahridagi qadimiy va bugungi kunda ham haybat, tarovatini yo‘qotmagan Muhammad Naqibbek jome masjidi Ramazon oyining farahbaxsh kechalarida yanada serfayz bo‘lib ketdi. Masjid o‘zgacha go‘zallik bilan to‘lib toshgan. Ramazonning shukuhi, tarovehning tarovati, xatmi qur’onlarning fayzi va barokatini masjidga tashrif buyurgan namozxonlarning yuzidan sezib olish qiyin emas edi.

Qorilarimizning tilovatlari barchaning qalbiga iliqlik bag‘ishladi. Masjid imom-xatibi Anvar Nazarov barchani Ramazoni sharif bilan qutlab, muborak oyga yetkazgani uchun Allohga shukronalar aytib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini so‘rab ezgu duolar qilib kelmoqdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/06/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2857
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/muhammad-naqibbek-jome-masjidida-taroveh-shukuhi
Chop etilgan vaqti: 24/10/2019 08:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing