O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlarining Xorazm viloyatiga tashriflari boshlandi

 
 

Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.

Safar davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurish, aholi bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish, viloyatda istiqomat qilayotgan boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan oila xonadonlaridan xabar olish, shuningdek, viloyat imom-xatiblari bilan sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, diniy-ma'rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilgan.
Safar jarayonlarini saytimizda kuzatib boring.

Manba:O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/03/2020 15:40;   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlarining-xorazm-viloyatiga-tashriflari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 31/03/2020 15:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing