O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlarining Surxondaryo viloyatiga safarlari boshlandi

 
 

Bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonov Surxondaryo viloyatida diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar va aholi vakillari bilan uchrashish maqsadida ushbu viloyatga safarlari boshlandi.

Surxondaryoning yuragi bo‘lmish ko‘hna Termiz o‘zining boy tarixi, dunyoga mashhur olimu fuzalolari bilan tarix sahifalariga, allaqachon, zarhal harflar bilan bitilgan durdona shaharlar sirasiga kiradi.
So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan bu zaminda qo‘nim topgan bir qator allomalarning qadamjolari, maqbaralari obod qilinib, ziyoratgohga aylantirildi.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari viloyatga o‘z safarlarini ulug‘ bobokalonimiz Hakim Termiziy qabrining ziyorati ila boshlandilar. Ulug‘ allomalar ruhini shod etish maqsadida, Qur'oni karim oyatlari tilovat qilinib, yurt obodligi va xalqimiz farovonligini tilab duolar qilindi.

Ma'lumki, buyuk mutafakkir ziyoratgohi viloyatdagi eng obod, eng ko‘rkam maskanlardan biriga aylandi. Bu dargohga ziyoratga keluvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar soni ham yildan-yilga ko‘payib bormoqda.
Muhtaram Prezidentimizning tavsiyalari asosida ushbu qadamjoda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Maqbaraning ichki qismi to‘liq rekonstruksiya qilinib, naqshinkor jilo berilgan, Qur'oni karim oyatlari bitilgan. Natijada, ulug‘ ajdodimiz mangu qo‘nim topgan tabarruk go‘sha nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik sayyohlarning ham sevimli maskaniga aylandi.


Surxondaryo viloyati safari davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/11/2020 09:57;   Ko‘rilganligi: 727
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlarining-surxondaryo-viloyatiga-safarlari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 16:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing