O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari va rahbarlar Imom Buxoriy majmuasida bo‘ldilar

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi R. Qosimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi A.Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjumanining sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadigan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘ldilar. Tashrif jarayonida dastlab Imom Buxoriy hazratlarining qabrlari ziyorat qilinib, tilovat va duolar qilindi. Majmuaning anjumanga tayyorgarligi bilan tanishuvdan so‘ng mehmonlar Hadis ilmi maktabi ustoz va talabalari bilan uchrashdi. Bugungi kunda maktab talabalariga saboq berayotgan jahonga mashhur “Al-Azhar” universiteti Magistratura bo‘limining “Usulud din” kafedrasi mudiri, Hadis ilmi fanlari doktori, professor Doktor Mahmud Abdulloh Abdurrahmon Abdulhalim hamda “Al-Azhar” universiteti “Arab tili” fakulteti “Balog‘at va munozara ilmi” kafedrasi mudiri, Balog‘at va munozara fanlari doktori, professor Doktor Ali Saad Ali Saadlar bilan suhbatlashdilar.

Kiritilgan vaqti: 02/03/2020 14:28;   Ko‘rilganligi: 896
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-va-rahbarlar-imom-buxoriy-majmuasida-boldilar
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 11:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing