O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari Imom Buxoriy hadis maktabida bo‘ldi

 
 

Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va

rivojlantirish hamda dinimiz asoslari va hadis ilmini puxta o‘zlashtirgan oliy ma'lymotli yetuk mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan  Hadis ilmi maktabiga 2019-2020 o‘quv yili uchun talabalar qabul qilingan edi. Maktab O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida oliy ta'lim beruvchi nodavlat ta'lim muassasasi hisoblanadi. Hadis maktabining o‘quv yiliga tayyorligi, ustoz va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ta'lim maskaniga 26 avgust kuni tashrif buyurdilar. Tashrif asnosida o‘quv mashg‘ulot xonalari, kutubxona, sport zali, talabalar yotoqxonasi bilan tanishib, talabalarning mukammal ilm egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish haqida  tegishli ko‘rsatmalarni berdilar.

 

  

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 


Kiritilgan vaqti: 27/08/2019 18:01;   Ko‘rilganligi: 1108
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-imom-buxoriy-hadis-maktabida-boldi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 13:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing