O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Meva-sabzavot eksport qiluvchilar uchun yangilik

 
 

Samarqand viloyat prokuraturasida viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda tijorat banklari, soliq idoralari xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslar eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz eksport qilishlari mumkin.

- Eksportdan tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlamagan tashkilotlar nohalol eksportyorlar reestriga kiritiladi va keyinchalik ularga nisbatan eksport qilishda to‘lovlarni oldindan to‘liq to‘lash talablari qo‘llaniladi, - deydi viloyat bojxona boshqarmasi bo‘lim bosh inspektori Sh.Rahmatov. - Tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ham ega. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan tushumdan yagona soliq to‘lovi to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Manba: “zarnews.uz”


Kiritilgan vaqti: 17/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 673
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/meva-sabzavot-eksport-qiluvchilar-uchun-yangilik
Chop etilgan vaqti: 21/09/2020 05:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing