O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MEHRIBONLIK UYIGA TASHRIF

 
 

2016 yil 31 oktyabr kuni Jomboy tumani “Ibrohim ota” jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar Samarqand shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga sovg‘a-salom va oziq-ovqatlar ulashildi.

Murg‘aklarning o‘ksik qalbiga xursandchilik kirgizish, ularning diliga xushnudlik ulashish maqsadida amalaga oshirilgan bu tadbirda jamlangan go‘daklarning yuzlarida sevinch alomatlari ko‘rinib turardi.

Bu kabi tadbirlardan asosan yoshlarimizning xar tomonlama komil, go‘zal xulqli, mustaqil fikr va dunyoqarashga ega, turli salbiy odat, illat va ta’sirlardan xoli ravishda voyaga yetkazishlariga ko‘maklashish maqsad etilgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1150
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/mehribonlik-uyiga-tashrif
Chop etilgan vaqti: 20/09/2019 00:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing