O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mavlidi sharif tadbirlari o‘tkazildi

 
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan yurtimizda, shu qatorda viloyatimizda ham Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan.

1 dekabr kuni viloyatimiz bo‘ylab qator masjidlarda Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalom tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” kitobi o‘qildi. Namozxonlar jo‘r bo‘lgan holda Sayyidimiz sallollohu alayhi vasallamga salovotlar yo‘lladilar.

Salovotlar sharofotidan masjidlar, manzillar nurga to‘ldi, zehnlar Rasul yodi bilan band bo‘ldi, durudlar qalblardagi U zotga bo‘lgan muhabbatni ziyoda etdi.

Mavlid oyi munosabati bilan joylardagi yig‘inlarda ham mo‘min-musulmonlarga Rasulimizni yanada yaxshiroq tanitish maqsadida siyratlari, shamoillari haqida so‘z yuritib kelinyapti.

24 noyabrda ham bir qism masjidlarda mavlid tadbirlari o‘tkazilgan edi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1956
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mavlidi-sharif-tadbirlari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 11:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing