O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Masjidlarga tashrif davom etmoqda

 
 

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati vakilligi rahbariyati tomonidan shahar va tumanlardagi masjidlarga tashrif rejalashtirilgan va hozirda bu jarayon tizimli olib borilmoqda. Jumladan,

29 may Ramazon oyining uchinchi kuni Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yoqubjon Mansurov birgalikda Samarqand shahridagi "Qo‘shbaqqoli" hamda “Xo‘ja Yusuf” masjidiga tashrif buyurdilar.

Tashrif asnosida masjid imom xatiblariga masjid hovlisi va tahoratxonasini toza - ozoda tutish, taroveh namozini ado etishda namozxonlarga qulayliklar yaratib berish, ogohlik va hushyorlikni oshirish to‘g‘risida birqancha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida maslahat va topshiriqlar berildi.

Viloyat vakilligi rahbariyati tomonidan muborak oy davomida ko‘plab masjidlarga tashrif buyurish rejalashtirilgan bo‘lib, bundan masjidlardagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish, muammo va kamchiliklarni joyida bartaraf etish, Ramazon oyining tinch-osuda o‘tishiga erishish ko‘zda tutilgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/05/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1563
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/masjidlarga-tashrif-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 16/11/2019 04:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing