O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Masjid Allohga eng mahbub makondir

 
 

Alloh taolo muborak kalomida marhamat qilib: “Albatta, (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan qo‘shib yana biror kimsaga duo (ibodat) qilmangiz!” degan (Jin surasi, 18-oyat). Masjidlarni obod qilish toat-ibodatlar bilan hamda o‘sha masjidlarni yaxshilab qurib, ta'mir etib, pok saqlab, muhofaza qilish bilan bo‘ladi. Bugungi kunda Samarqand viloyatida 285 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Masjidlarning aksariyatida qayta qurish ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va hozir ham ko‘plab masjidlarda namozxonlar uchun yaxshi sharoitlar yaratish, ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha qulayliklar hozirlash bo‘yicha bir qancha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Samarqand-Toshkent M39 avtomagistralida joylashgan Bulung‘ur tuman “Amir Hamza” jome masjidida so‘ngi vaqtlarda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshirildi. Samarqand viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ushbu masjidga tashrif buyurdilar. Masjidning holati, ish faoliyati bilan tanishgan muftiy hazratlari masjid imom-xatibi va xodimlariga namozxon va yo‘lovchi hamda sayyohlarga masjidda ibodat va tahorat qilishlari uchun qulay sharoitlar hozirlash, bu maskanga tashrif buyurgan har bir kishi o‘ziga ma'naviy ozuqa olishi, masjid har doim ma'rifat, mo‘min-musulmonlar ahilligini ziyoda qiluvchi maskan ekanligiga asoslangan holda ish olib borish lozimligi haqida gapirib o‘tdilar.    

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/03/2020 17:12;   Ko‘rilganligi: 897
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/masjid-allohga-eng-mahbub-makondir
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 08:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing