O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MANZILLAR OBOD KO‘NGILLAR SHOD BO‘LDI

 
 

11-12 mart kunlari yurtimizda bo‘lib o‘tgan umumxalq hashari davomida viloyatimiz masjidlari va masjidlarga tutash qabristonlarda ommaviy tozalik ishlari olib borildi.

Mahalla ahli ko‘magida qish fasli davomida to‘planib qolgan ochiq maydonlar, ariqlardagi chiqindilar olib chiqib tashlandi. Daraxtlar oqlanib, ko‘chatlar ekildi. Manzarali daraxtlar, butazorlar shaklga keltirildi. Qabristonlarga alohida e’tibor berilib, xas-xashaklardan to‘la tozalandi. O‘rindiqlar bo‘yaldi hamda ko‘chatlar o‘tqazildi.

Viloyat bo‘ylab masjidlarda, mahallalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Fasllar kelinchagi bahor fasli hamda Navro‘z bayramini munosib kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilyapti.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1501
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/manzillar-obod-kongillar-shod-boldi
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 04:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing