O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MA’NAVIYAT SOATLARI DAVOM ETMOQDA

 
 

2017 yil 2 mart payshanba kuni viloyatdagi barcha imom xatiblar ishtirokida navbatdagi “ma’naviyat saoti” bo‘lib o‘tdi. Shahar va tumanlar kesimida o‘tkazilgan tadbirlarda ma’naviyat targ‘ibot markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari asosiy ma’ruzachi sifatida qatnashdilar.

Qiziqarli mavzular, jonli muzokaralar asosida bo‘lib o‘tgan ma’naviyat soatlarida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining o‘zbek adabiyoti va tarixida tutgan o‘rni”, “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etishda davlat va jamoat organlari, mahalliy hokimliklar oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzulari asosida so‘z yuritildi.

Imom xatiblar faoliyatini jonlantirish, o‘zaro hamkorlikni mukammal yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da samarali faoliyat olib borish maqsadida tashkil etilgan ma’naviyat soatlari o‘zining dastlabki bosqichlaridanoq imomlarning diniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa yo‘nalishlardagi kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshishida ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, ma’naviyat soatidan so‘ng ishtirokchilar birgalikda tadbir o‘tgan masjid atrofida yashovchi yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar, kam ta’minlanganlar va shu kabi moddiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar oldilar.

Oldin ma’lum qilinganidek, ma’naviyat soatlari oyda ikki marta, payshanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan hamda ular sayyor ko‘rinishda olib boriladi.


Kiritilgan vaqti: 03/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1310
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/manaviyat-soatlari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/11/2019 05:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing