O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Malayziyalik ulamolar yurtimiz bo‘ylab sayohatda

 
 

Shu kunlarda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Moxd Asri Bin Zaynul Abidin boshchiligidagi diniy ulamolardan iborat delegatsiya O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishmoqda.

Dastlab poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilgan mehmonlarning sayohat yo‘nalishlari Samarqand viloyatiga qaratildi.

22-23 sentyabr kunlari malayziyalik ulamolar Samarqand shahrini ziyorat qildilar. Dastavval mehmonlar Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdilar. Ularni Samarqand viloyati Bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov kutib olib, tashrifi bilan qutladi hamda majmuani ziyorat qildirdi. Ziyorat davomida mehmonlarga muhaddis olim Imom Buxoriy hayoti, u kishining faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan keyin mehmonlar Samarqand shahridagi boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildilar. Registon maydoni, Shohi Zinda, Go‘ri Amir, Hazrati Hizr majumalari shular jumlasidandir.

Mehmonlar sayohat uchun minnatdorlik bildirib, ushbu qadamjolarga tashrif haqida mamnuniyat bilan so‘zladilar. Samarqand shahridagi qadamjolar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Milliy me’morchiligimiz, qadim obidalarimiz, taomlarimiz xorij delegatsiyasining alohida e’tiborini qozondi.

Mehmonlar Samarqand bo‘ylab ziyoratini yakunlab Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

Ayni paytda ko‘hna shahar bo‘ylab ziyorat davom ettirilmoqda. Bu haqda O‘MI Buxoro viloyati vakilligi matbuot xizmati xabar beradi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 811
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/malayziyalik-ulamolar-yurtimiz-boylab-sayohatda
Chop etilgan vaqti: 28/09/2020 08:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing