O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Malaka o‘quvlari samarali bo‘lmoqda

 
 

Davlatimiz rahbarining: “Imom-xatiblarning yon-atrofimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni chuqur anglab, xalqimizga teran tushuntirib berish borasidagi dolzarb vazifalarini juda yuqori baholayman” deb aytgan fikrlari bugunda o‘z ahamiyatini yanada orttirgan.

Shu e'tibordan, imom-xatib dunyoda yuz berayotgan jarayonlarni doimo kuzatib borishi, atrofidagi voqeelikka nisbatan o‘z fikri, dunyoqarashiga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi lozim. Ana shu maqsadda diniy soha vakillari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning bilimlarini oshirib borish maqsadida, barcha viloyat, tuman va shahar bosh imom xatiblari uchun, qisqa muddatli malaka oshirish uchun o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi O‘zbekiston xalqaro Islom akedemyasida tashkillashtirildi.

Darslarni O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi va Toshkent islom institutining professor-o‘qituvchilari  olib bormoqdalar. Shu o‘rinda aytish joizki Al-Azhar universiteti Magistratura bo‘limining Usulud din kafedrasi mudiri,hadis ilmi fanlari doktor,prafessor islom akademiyasi talablari va tinglovchilariga “Mahorat”  darslarini o‘tmoqda.

 O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat


Kiritilgan vaqti: 16/01/2020 15:31;   Ko‘rilganligi: 809
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/malaka-oquvlari-samarali-bolmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 12:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing