O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Maktab o‘quvchilariga “Sahihul Buxoriy” kitobi hadya qilindi

 
 

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Mergan ota” jome masjidi imom xatibi Uvaytov Ortiq masjid xodimlari bilan tumandagi 40-o‘rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdi. Imom xatib o‘quvchi yoshlar bilan ustozning martabasi haqida suhbatlashdi.

Islom dinida ustoz-murabbiylarga munosabat haqida gapirgan O.Uvaytov Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer ahli, hatto kovagidagi   chumoli   va  hattoki   baliqgacha   odamlarga  yaxshilikni  ta'lim beruvchiga salavot aytadilar" (Imom Termiziy rivoyati), - deb aytgan hadislarini eslab uni sharhlab o‘tdi hamda musulmonlar qadim-qadimdan ustoz va murabbiylarga misli ko‘rilmagan hurmat ko‘rsatib kelgani, chunki farzandlarining kamolotga yetib, dunyoyu oxirat saodatiga erishishlari uchun ustozning o‘rni benazir ekanini yaxshi anglatishini yoshlarga tushuntirdi. Mislol tariqasida muhaddislar sultoni Imom Buxoriy rahimahullohning hayotlaridan bir misol keltirib, ushbu voqeani aytib berdi. “Imom Buxoriy rahimahullohi alayh bir muddat Makkai mukarramada dars berganlar. Bir ziyoratchi Imom hazratlariga Buxoroi sharifdagi ustozlaridan salom va maktub keltiradi. Shunda Imom Buxoriy ziyoratchining ustozlar yurtidan kelganini bilib, uni quchoq ochib kutib olganlar va cheksiz ehtirom ko‘rsatib mehmon qilganlar. Undan salom xabarini eshitganlarida Buxoroi sharif tomonga yuzlanib, salomga alik olganlar va tabarrukona maktubni ikki qo‘llab olib, ehtirom bilan tanishib chiqqanlar”.

        

Imom xatib tomonidan bildirilgan fikrlar ayni dolzarb mavzulardan deb bilamiz. Chunki, maktablarda tahsil olayotgan ayrim o‘quvchilar va ota-onalar o‘qituvchi va murabbiylarga behurmatlik qilayotgani hatto haqoratlayotgani uchrab turibdi. Alloh taolo va butun maxluqotlar yaxshilik o‘rgatuvchilarga salovat aytib turganida ularga nisbatan bunday muomalada bo‘lishning salbiy oqibatlari bo‘lishi mumkin.

 

         “Mergan ota” jome masjidi imom xatibi va masjid jamoasi maktab o‘quvchilari uchun Qur'oni karimdan keyingi eng mo‘tabar manba bo‘lmish Imom Buxoriy rahimahulloh tarafidan tasnif etilagn “Sahihul Buxoriy” kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasini sovg‘a qilidilar.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/09/2019 15:49;   Ko‘rilganligi: 1219
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/maktab-oquvchilariga-sahihul-buxoriy-kitobi-hadya-qilindi
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 04:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing