O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ko‘rikdan o‘tkazish davom etmoqda

 
 

Avval xabar berganimizdek, imom-xatib va imom noiblarining qiroatini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

6-7 fevral kunlari Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Qo‘shrabot tumani imom xatib va imom noiblarining qiroati maxsus hay’at tomonidan o‘rganilib chiqildi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rik ishlari 2017 yilning 18 dekabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi qarori bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Qarorga ko‘ra sinovdan yaxshi o‘tolmagan imomlar uchun tajvid qoidalari bo‘yicha haftalik seminar tashkil etiladi.

Oldinroq Samarqand shahri hamda Samarqand tumani imom xatiblari va imom noiblari qiroati ko‘rikdan o‘tkazilgan edi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 08/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1916
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/korikdan-otkazish-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 13:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing