O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kichik kildon jome masjidi

 
 

Kichik kildon jome masjidi Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Kichik kildon mahallasida joylashgan.

1994 yil mahalla fuqarolari tashabbus ko‘rsatib, Kichik kildon mahallasida hashar yo‘li bilan masjid qurishni boshlaganlar. Mahalladoshlarning g‘ayrati va homiylar ko‘magi asosida 2000 yil bino qurib bitkazildi.

Mutasaddilar kelishgan holda masjidga o‘zi joylashgan mahalla nomini berishni ma’qul ko‘rdilar va uni “Kichik kildon” masjidi deb atadilar.

Masjid 2002 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va shu yilning 12 aprelida esa “Kichik kildon” jome masjidi nomi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Qurilish ishlari davomida, 2001 yil masjid hovlisida imom xatib, imom noibi va xodimlar uchun qo‘shimcha xonalar ham qurib bitkazildi.

2006 yilga kelib milliy memorchiligimiz uslubida g‘ishtin darvozaxona qad ko‘tardi.

“Kichik kildon” jome masjidi hududi 1 ta mahalla va 5ta qishloqdan iborat. Masjid xodimlari tomonidan va homiylarni jalb qilgan xolda har yili ushbu hududdagi kam ta’minlangan,boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, yolg‘iz keksalarga xayr-exson va sovg‘a salomlar tarqatiladi.

Hozirda masjidda Qodirqulov Faxridin Qo‘ziboyevich imom xatiblik qilib kelmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 725
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/kichik-kildon-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 05:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing