O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Jomboy tumanida diniy soha vakillarining mehnatlari e'tirof etildi

 
 

Bugungi kun davr talabi barcha sohalar kabi diniy soha vakillari oldiga ham bir qator muhim vazifa va talablarni qo‘ymoqda. Islom dini ravnaqi yo‘lida mehnat qilib kelayotgan imom-xatib va imom noiblar qatoriga keyingi vaqtlarda mahalla mullalari hamda otinoyilar ham qo‘shilib, o‘zlarining ilm va tajribalarini kishilar diyonati,  Vatan ravnaqi, Yurt obodligi, xalq farovonligi uchun sarflab kelmoqdalar. Ularning ham mehnatlarini e'tirof etgan holda munosib taqdirlash maqsadida bugun, 20 dekabr kuni Jomboy tumanida faoliyat yuritayotgan mahalla mullallari va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Aholiga sof islom ta'limotlarini yetkazish, bid'at va xurofatlarga barham berish, aholini, ayniqsa yoshlarni ona vataniga sadoqatli, imon-e'tiqodli, odob va axloqli bo‘lib voyaga yetishlari, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish tamoili asosida diniy-ma'rifiy ishlarni olib borish sohasida faollik ko‘rsatgan bir guruh mahalla mullalari: Isoqov Tojiboy, Ashurof Abyudug‘ani, Bo‘riyev Barot, Ergashev Suyun va Abrorov Odillar va otinoyilardan Satimova Himoyat, Samarova Istoda, Tursunqulova Rafoat, Rustamova Farida va Hukumova Asolatlar Jomboy tuman bosh imom-xatibligi tomonidan “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga yil davomida amalga oshirgan samarali tashviqot va targ‘ibot ishlari uchun esdalik sovg‘alari ulashildi.

Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Jomboy tumanidagi "Islomobrd" jome masjidi imom-xatibi X.Sattarov barchaning mehnatini yuqori baholab, bundan keyingi savobli, ulug‘ maqomga ega mehnatlarida baraka va kuch quvvat tiladi hamda ulardan mana shunday faollikda doimiy bo‘lib qolishilarini so‘radi.     

X.Sattarov

Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari,

Jomboy tuman “Islomobod” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 20/12/2019 16:40;   Ko‘rilganligi: 903
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/jomboy-tumanida-diniy-soha-vakillarining-mehnatlari-etirof-etildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing