O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Jomboy tumanida 11 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

 
 

Bugun, 25 dekabr kuni Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Jomboy tuman “Islomobod” jome masjidi imom-xatibi X.Sattarov boshchiligida ehsonparvar kishilar ko‘magi bilan Jomboy tumanidagi kam ta'minlangan oilalarning farzandlaridan 11 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Ushbu xayriya tadbirida  tumandagi barcha masjid imom xatiblari ishtirok etdi. Bu bilan bolajonlar va ularning yaqinlari qalbiga surur bag‘sh etildi. Holbuki donolardan “Muhtojlarga yordam berishni ertaga surmang, zero sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz”, degan hikmatli naql bor. Yaxshilik, savob amallarni har kim, har kuni qilishi lozim.

 

X.Sattarov - Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari,

Jomboy tuman “Islomobod” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 25/12/2019 11:16;   Ko‘rilganligi: 1173
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/jomboy-tumanida-11-nafar-bolajonlarning-sunnat-toylari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 00:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing