O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Jom ota masjidi qaytadan qad rostlaydi

 
 

Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan "Obod qishloq" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar sabab bugun Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 30 ming aholiga ega bo‘lgan Jom qishlog‘i ulkan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish maydoniga aylandi. Islohotlar shamoli yetib qishloq chetidagi qabriston ichida qolib ketgan “Jom ota” masjidini ham Qarshi-Samarqand trassasi yoniga ko‘chirish bo‘yicha amaliy ishga kirishildi.

24 mart kuni viloyat hokimi T.Djurayev, viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov bosh imom xatib maslahatchisi M.Melikov va boshqa tashkilotlar, aholi vakillari ishtirokida masjid poydevori o‘rnatilishi boshlandi.

Dastlabki beton qorishma viloyat hokimi va viloyat bosh imom xatibi va nuroniy otaxonlar tomonidan poydevor asosiga tashlandi.

Ushbu xayrli ishga Alloh taoloning o‘zi madadkor bo‘lsin.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2420
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/jom-ota-masjidi-qaytadan-qad-rostlaydi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing