O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Jamiyat barqarorligi ta’minlash birlamchi vazifamiz

 
 

Yurtimiz bo‘ylab barcha ta’lim muassasalari, mahallalar, turli tashkilot va jamoat birlashmalarida “Xalq bilan muloqot va inson manfatlari” yiliga bag‘ishlangan kengqamrovli yig‘ilish va tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, joriy yilning 30 sentyabr kuni Samarqand shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mahalla faolllari va aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Samarqand shahar Shohi Zinda masjidi imom noibi Samariddin Mirzayev ham ishtirok etdi

Bugunning dolzarb muammolarini hal etish choralari to‘g‘risidagi fikr mulohazalarga boy bo‘lgan tadbirda so‘zga chiqqan S.Mirzayev o‘z nutqida oilada farzand tarbiyasini juda erta boshlash lozimligi, bu borada birinchi navbatda ota-onalar, qolarversa, butun mahalla ahli, ta’lim muassasalari mas’ul ekani va har bir mutasaddi zimmasidagi mas’liyatni qalban his etib, unga xiyonat qilmasligi lozimligi haqida diniy asoslar, hayotiy misollar orqali so‘z yuritdi.

Tadbir davomida taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarini hech qachon yoddan chiqarmaslikka chorlanib, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiyalash, ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an’analariga sodiq avlod bo‘lishlariga erishish barchamizning oliy maqsadimiz bo‘lishi lozimligi ta’kidlab qolindi.

Abdug‘ani Hasanov


Kiritilgan vaqti: 01/10/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1234
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/jamiyat-barqarorligi-taminlash-birlamchi-vazifamiz
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 07:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing