O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchrashuvi o‘tkaziladi

 
 

Shu yil 27-28 noyabr kunlari Niger poytaxti Niamey shahrida “Tinchlik va taraqqiyot yo‘lida terrorizmga qarshi kurashda ahdlashuv” mavzusida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati tashqi ishlar vazirlari kengashining 47-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.

Tashkilot Bosh kotibi doktor Yusuf bin Ahmed al-Usaymin 47-sessiyaning kun tartibiga islom dunyosi dolzarb mavzu va masalalar, jumladan, islomofobiyaga qarshi kurashish va dinlar sha'niga bildirilayotgan salbiy fikrlarga barham berish bo‘yicha hamkorlik qilish hamda tashkilotga a'zo bo‘lmagan davlatlardagi musulmon jamiyatlari ahvoli haqidagi masalalar muhokama qilinishini ta'kidladi.

Shuningdek, Xalqaro Sud mahkamasida rohinjalar to‘g‘risidagi masalani o‘rganish, madaniyat va dinlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash va “IHT 2025” ish dasturida erishilgan yutuqlarga oid mavzular muhokama etiladi.

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi
Ilyosxon Ahmedov tayyorladi.


Kiritilgan vaqti: 24/11/2020 15:39;   Ko‘rilganligi: 766
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/islom-hamkorlik-tashkilotiga-azo-davlatlar-uchrashuvi-otkaziladi
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 03:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing