O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

INTIQIB KUTILGAN LOYIHA: ONLAYN DINIY SAVOL-JAVOB

 
 

Mo‘min-musulmonlar istaklari asosida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining shogirdi, Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom inctitutining katta ustozi MUHAMMAD AYYUBXON DOMLA HOMIDOVning onlayn diniy savol-javob dasturi yangi shakl va innovatsion usullar yordamida taqdim etilmoqda.

Islom – ilm-ma'rifat dini. Inson o‘zi bilmagan narsasini ulamolardan so‘rab o‘rganishi zarur. Alloh taolo Qur'oni karimda: “Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahllaridan so‘rangiz!”, deb buyurgan (“Nahl” surasi, 43-oyat). Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bilimsizlikning davosi savoldir”, – deya bayon qilganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

2020 yil 18 sentyabr, juma kuni soat 19:00 dan boshlab, onlayn diniy savol-javob dasturining ilk sonini kuzating.

Savollaringizni @DiniySavolJavobBot telegram boti yoki jonli efir vaqtida 97-900-92-94 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali yo‘llang!

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali savol-javob dasturini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning!

Youtube: MuslimTV  
Internet telekanali : ITV.UZ
Facebook: MuslimUz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/09/2020 10:24;   Ko‘rilganligi: 1013
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/intiqib-kutilgan-loyiha-onlayn-diniy-savol-javob
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 21:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing