O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOMLARIMIZ FAOLIYATIDAN

 
 

O‘tgan haftada viloyatimiz imom xatiblari tomonidan talay tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Quyida ularning eng ahamiyatlarini keltiramiz:

2 noyabr kuni Buxoro viloyatining “Bahouddin Naqshband” majmuasida ulamolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji” mavzuida bo‘lib o‘tgan respublika anjumanida Samarqanddan viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islamov, bosh imom xatib o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov ishtirok etib qaytdilar.

*****

2 noyabr kuni Samarqand shahar “Xo‘ja Zudmurod” jome masjidi imom xatibi M.Melikov “Yangi Beshchinor” mahallasida “Bag‘rikenglik taraqqiyot omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Mavzuga doir oyat, hadislar va ulamolar fikrlarini keltirib, ularni hayotiy misollar bilan ifodalab berdi.

*****

3 noyabr kuni Samarqand shahar “Namozgoh” jome masjidi imom noibi S.Zikiryayev “Namozgoh” mahallasida komil inson tarbiyasida oila, mahalla va maktabning o‘rni to‘g‘risida tadbir o‘tkazdi. Ularning har birining alohida vazifalari, mas’uliyatlari hamda majburiyatlari haqida so‘zlab, tadbir ishtirokchilarining bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

****

4 noyabr kuni Samarqand tuman “Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi A.Po‘latov tomonidan homiylarni jalb qilgan holda kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Ularning farzandlariga o‘quv qurollari hamda qishki mavsumga moslangan kiyim-kechaklar olib berildi.

****

4 noyabr kuni Narpay tuman “So‘fi Ziyrak” jome masjidi imom xatibi A.Shukurov 43-umumta’lim maktabida “Onani e’zozlang” mavzusida tadbir o‘tkazdi. Barchamizni oq yuvib, oq taragan volidai mehribonlarni e’zozlash, qadrlariga yetish, xizmatlarida bo‘lish har bir farzandning burchi ekani, muqaddas dinimiz ta’limotlari, milliy qadriyatlarimiz bu borada yakdilligini misollar bilan asoslab, o‘quvchi yoshlarga pand-nasihat qildi.

****

4 noyabr kuni Narpay tuman bosh imom xatibi D.Bektamishov Avtoservis kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etib, erta turmushning salbiy oqibatlari, bugungi o‘ylamasdan bosilgan qadam ertaga bir oilaning barbod bo‘lishiga, qudalarning bir-biri bilan yuz ko‘rmas bo‘lib ketishiga olib kelishi, yosh kelinlardan tug‘ilayotgan farzandlarning aksariyat holatlarda nimjon bo‘lishi haqida ma’ruza qildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/11/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2318
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imomlarimiz-faoliyatidan
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 00:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing