O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imomlarimiz Yekaterinburgda

 
 

2016 yil 24 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi markaziy muftiyoti rahbari, muftiy Abdul-Qudduss Asharin taklifiga asosan o‘zbekistonlik imomlaridan iborat delegatsiya Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketishdi.

Ushbu delegatsiya a’zolari diniy idora raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov, diniy idoraning Samarqand viloyatidagi vakili o‘rinbosari, “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va “Do‘stjonboy ota” jome masjidi imom-xatibi Bahrom Atadjonovdir.

Imomlarimiz safarlari davomida Rossiyaning Sverdlovsk viloyati hududida joylashgan masjidlarda namozxonlarga suhbatlar qilish, madaniy markazlarda muloqotlar qilish hamda Ural davlat tog‘-kon universitetining o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish belgilangan.

Mazkur safar tafsilotlari haqida kelgusida batafsil yoritib boramiz.

“MUSLIM.UZ”dan


Kiritilgan vaqti: 25/11/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2258
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imomlarimiz-ekaterinburgda
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 06:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing